Byelsa havaskor futbolchini Urugvay terma jamoasiga chaqirdi

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Byelsa havaskorlar ligasida o‘ynaydigan 24 yoshli futbolchi Valter Domingesni terma jamoaga chaqirdi.

Janubiy Amerika terma jamoasi may oyi oxirida 2024 yilgi Amerika kubogiga tayyorgarlik yig‘inini o‘tkazadi. Dominges "Yuventud Soriano" klubida o‘ynaydi, u joriy mavsumda 39 ta o‘yinda 57 ta gol urdi.

Byelsa Urugvay terma jamoasida 2023 yilning may oyidan buyon ishlayapti. Uning qo‘l ostida terma jamoa barcha turnirlarda 9 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va yana 1 bor durang o‘ynagan.

2024 yilgi Amerika kubogi 20 iyundan 14 iyulga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadi.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 19:00)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика