Sancho Roysning chempion bo‘lishini xohlaydi

"Manchester Yunayted" ijarachisi Jeydon Sancho Dortmundning "Borussiya" klubi afsonasi Marko Roysning joriy mavsumda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishini istaydi. U bunga sidqidildan yordam bermoqchi. 

34 yoshli futbolchining Instagram'dagi ketish qarorini ifodalovchi videosiga javob berarkan, Sancho jamoadoshiga izoh qoldirdi.

"Klubimiz sardori, Marko akam bilan birga bo‘lganimdan xursandman va juda minnatdorman. Biz chempion bo‘lamiz", deb yozgan Sancho. 


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 19:00)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика