Dyumfris APLning bir klubiga rozilik bergan

“Inter” futbolchisi Denzel Dyumfris bu yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport muxbiri Filippo Kontisello xabariga ko‘ra, Denzel Dyumfris yozda "Manchester Yunayted" "Inter"ga u bo‘yicha taklif bilan chiqsa, "ha" deb javob beradi.

"Neradzurrilar" niderlandiyalik futbolchining 2025-yilda tugaydigan shartnomasini yangilashda muammolarga duch kelmoqda, chunki u 5 million yevro maosh olmoqchi.

Bu holat yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoani tark etish imkoniyatini ochdi, chunki "Inter" uning sotuvidan 25-30 million yevro yig‘ishi mumkin.

Denzel Dyumfris ilgari Premyer-ligada o‘rtamiyona jamoada o‘ynash g‘oyasini rad etgan, ammo "MYU" uchun o‘ynash uni qiziqtirmoqda.

Agar Erik Ten Xag kelasi mavsumda "qizil iblislar" o‘rindig‘ida qolsa, bu transfer yozda boshlanishi mumkin.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 18:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика