Ten Xag Mourinyoga ko‘proq imkoniyat berilgan deb hisoblaydi

Erik ten Xag Joze Mourinyoning "Yunayted"dagi ishlarini taqqoslaganiga javob berdi.

"Mourinyodan tashqari hech bir murabbiy o‘zi xohlagan futbolchilarni ololmadi, bu bizga kerak. Ishonchim komilki, maqsadimizga erishamiz, ammo raqobat ajoyib. Bu endi ikki tomonlama poyga emas.

Premyer-ligada yetti yoki sakkizta jamoa chempionlik uchun kurashmoqda va ularning barchasida juda yaxshi tarkib bor. Demak, chempionlikni qo‘lga kiritish uchun shunday tarkibni yaratish kerak", - dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 18:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика