"Chelsi" yana bir ukrainni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

Georgiy Sudakov "Chelsi"ga o‘tishi mumkin.

London klubi "Shaxtyor" yarim himoyachisi vakillari bilan muzokaralarni boshladi, deb xabar beradi Daily Mail. Unga "Arsenal", "Manchester Siti", "Liverpul" va A Seriya klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining shartnomasida 125 million funt sterling miqdorida tovon puli ko‘rsatilgan, biroq Donesk klubi uni arzonroqqa qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lishi kutilmoqda - ehtimoliy transfer summasi 65 million funtga baholanmoqda.

Qayd etilishicha, “ko‘klar” vingeri Mixail Mudrik Sudakov bilan aloqada va unga Angliyaga ko‘chib o‘tishni maslahat beradi.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 18:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика