Markinyos: "Enrike hech qachon o‘z futbolchilarini aldamaydi"

"PSJ" sardori Markinyos jamoani Fransiya chempionatida g‘alabaga olib chiqqan murabbiyi Luis Enrikeni maqtadi.

Parijliklar ertaga Dortmundning “Borussiya” jamoasi bilan Chempionlar ligasi finali uchun kurashishlari kerak.

“Yoshlik va tajriba uyg‘unligimi? Hozircha bu juda yaxshi ishlamoqda. Luis Enrike bu kombinasiyani yoqtiradigan murabbiy. Bu murabbiy ko‘p narsani talab qiladi va o‘z o‘yinchilari bilan soxta narsalar qilmaydi. Chempionlar ligasida kam o‘ynaydigan yoshlar ham murabbiydan katta ishonch oladi. Nima qilishni bilsak, maydonda xotirjam bo‘lamiz. Bu jamoamizni kuchli qiladi”, - dedi Markinyos matbuot anjumanida.


Joylangan vaqt : (6 May 2024 в 18:30)
Manba: www.stadion.uz
Tavsiya qilamiz
Яндекс.Метрика